“3081-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi masalani hal etish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-289-son) · Sana: 26.04.2011 · Amalda
Agar organ (mansabdor shaxs) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotganda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi toʻgʻrisida yoki ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qoʻllash uchun asoslar borligi haqida xulosaga kelsa, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnoma bilan sudga yuboriladi.
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnomada shaxsning maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinishi yoki unga nisbatan yengilroq maʼmuriy jazo chorasi qoʻllash kerakligining sabablari va asoslari bayon etiladi.
Sud huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnomani koʻrib chiqib, ushbu Kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan qarorlardan birini chiqaradi.
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnoma maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida ushbu Kodeksning 303, 304, 306 — 309-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya etilgan holda koʻrib chiqiladi”;
30) 309-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 3081-moddasida nazarda tutilgan hollarda qarorda huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi toʻxtam ham koʻrsatilishi kerak”;
uchinchi—yettinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
