“1283-modda. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-289-son) · Sana: 26.04.2011 · Amalda
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun uch marta maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
