“128-modda. Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yoʻlkalaridan yurgizishi, yoʻl belgilari va yoʻl harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-289-son) · Sana: 26.04.2011 · Amalda
Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yoʻlkalaridan yurgizishi, yoʻl belgilari yoki yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmasligi (ushbu Kodeksning 1283, 1285, 1286 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), odam tashish, transport vositalarini quvib oʻtish, yoʻnalishli transport vositalari toʻxtaydigan bekatlardan yoki piyodalar oʻtish joylaridan yurish, sutkaning qorongʻi vaqtida yoki koʻrish cheklangan sharoitlarda yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yoʻlovchilarga loyqa sachratishi, —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ikki marta maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
9) 1281-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravari miqdorida” degan soʻzlar “ikki baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “uch baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 1282-modda:
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “ikki baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “ikki” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
