1284-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-289-son) · Sana: 26.04.2011 · Amalda
Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi, —
eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ikki marta maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.
