5-modda. Vafot etgan shaxsning xohish-irodasi
Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida (O‘RQ-276-son) · Sana: 27.12.2010 · Amalda
Vafot etgan shaxsning xohish-irodasi ogʻzaki (guvohlar hozirligida) yoki yozma shaklda ifodalangan, patologik-anatomik yorib koʻrishga roziligi yoki rozi emasligi haqidagi, u yoxud bu joyga, u yoki bu urf-odatlar va anʼanalar boʻyicha, ilgari vafot etgan u yoki bu shaxslarning yoniga dafn etilishiga roziligi yoxud rozi emasligi toʻgʻrisidagi, oʻz xohish-irodasini bajarishni u yoxud bu shaxsga ishonib topshirish haqidagi istagidir.
Vafot etgan shaxsning jasadiga (saqlanib qolgan tana qismlariga) munosib munosabatda boʻlishga doir harakatlar, agar xohish-irodani bajarish mumkin boʻlmaydigan holatlar yuzaga kelmagan boʻlsa yoki qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, uning xohish-irodasiga toʻla muvofiq ravishda amalga oshirilishi lozim.
Vafot etgan shaxsning xohish-irodasi mavjud boʻlmagan taqdirda vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili, ular boʻlmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan harakatlarga ijozat berish huquqiga ega.
