8-modda. Reklama beruvchining huquq va majburiyatlari
Reklama toʻgʻrisida (723-I-son) · Sana: 25.12.1998 · Amalda
Reklama beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
reklama xususida shartnoma tuzish toʻgʻrisida oshkora taklif (ommaviy oferta) kiritish;
reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi shartnomani asossiz ravishda bekor qilgan hollarda, yetkazilgan zararning oʻrnini va maʼnaviy zararni qoplash toʻgʻrisida daʼvo bilan sudga murojaat qilish.
Reklama beruvchi:
reklama tayyorlovchi va (yoki) tarqatuvchining talabiga binoan reklama axborotining ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
agar reklama beruvchining faoliyati litsenziyalanishi zarur boʻlsa, mahsulotni yoki reklama beruvchining oʻzini reklama qilayotganda tegishli litsenziyani taqdim etishi shart.
Reklama beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va oʻzga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
