21-modda. Transportdagi va pochta joʻnatmalaridagi reklama
Reklama toʻgʻrisida (723-I-son) · Sana: 25.12.1998 · Amalda
Reklama transport vositalarida, shu jumladan metropolitenda faqat ularning egalari yoki mulkdorlari bilan kelishilgan holda hamda xavfsizlik talablari va yoʻl harakati qoidalariga muvofiq joylashtirilishi mumkin.
Reklamani umum foydalanishdagi transport vositalarida, metropoliten bekatlarida, vokzallarda, portlar va aeroportlarda yoʻlovchilarga xabar beruvchi ovozli tarmoqlar orqali tarqatish taqiqlanadi, ijtimoiy reklamali axborot bundan mustasno.
Reklamani pochta joʻnatmalari orqali tarqatish belgilangan tartibda shartnoma asosida amalga oshiriladi.
