13-modda. Koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-269-son) · Sana: 22.12.2010 · Amalda
Koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari qonunchilikda belgilangan tartibda buyurtmachi bilan tuzilgan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi asosida rieltorlik tashkiloti yoki rieltor tomonidan koʻrsatiladi.
Koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari buyurtmachini koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi, koʻchmas mulk bozori va uning ishtirokchilari holatini tahlil etish hamda prognoz qilish haqidagi, mazkur bozorning konyunkturasi, koʻchmas mulk bozori sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlashni, shuningdek koʻchmas mulk obyektlari reklamasining tarqatilishini tashkil etishni, bitim taraflarini tanlash boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.
