14-modda. Rieltorlik tashkiloti va rieltorning huquqlari
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-269-son) · Sana: 22.12.2010 · Amalda
Rieltorlik tashkiloti va rieltor quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolati doirasida rieltorlik xizmatlari koʻrsatish;
oʻz rieltorlik xizmatlarini va buyurtmachining koʻchmas mulk obyektlarini reklama qilish;
rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi shartlari buyurtmachi tomonidan bajarilmagan taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab etish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda olish.
Rieltorlik tashkiloti va rieltor qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
