4-modda. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-251-son) · Sana: 07.06.2010 · Amalda
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
aholini boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti bilan taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning sifati hamda xavfsizligi ustidan davlat nazoratini taʼminlash;
boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilishini rivojlantirish;
oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalar ishlab chiqarilishini qoʻllab-quvvatlash;
mikronutriyentlar saplementatsiyasi;
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasiga qaratilgan dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish va baholash;
mikronutriyent yetishmasligini aniqlovchi zamonaviy texnologiyalarni va uning profilaktikasi usullarini rivojlantirishda ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
