5-modda. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat boshqaruvi
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-251-son) · Sana: 07.06.2010 · Amalda
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradi.
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat boshqaruvi:
davlat boshqaruvi organlarining, shuningdek boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalar ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirib borishni;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning sifati hamda xavfsizligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ishlab chiqishni, ishlarni tashkil etishni va ularni bajarishni taʼminlashni;
profilaktika va sanitariya-epidemiologiya tadbirlari oʻtkazilishini tashkil etishni oʻz ichiga oladi.
