“119-modda. Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan va toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob termi — Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-241-son)
“119-modda. Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan va toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanish tartibini buzish”;
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-241-son) · Sana: 30.12.2009 · Amalda
birinchi qismining birinchi xatboshisi “Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismining birinchi xatboshisi “shuningdek plastik kartochkalar asosida toʻlovlarni qabul qilishni rad etganlik” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
28) 129-modda uchinchi qismining:
2-bandi “muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda)” degan soʻzlardan keyin “yoki muassis (ishtirokchi) ulushining miqdori kamaytirilganda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8-bandi “va insonparvarlik yordami” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
9-bandi chiqarib tashlansin;
12-bandi oʻzbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan boshqa shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish munosabati bilan, shuningdek komitent yoxud boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarni qoplash hisobiga kelib tushgan mol-mulk (haq toʻlovi bundan mustasno)”;
13-bandidagi “obyekt” degan soʻz “moliyaviy ijara (lizing) obyekti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15-bandidagi “ularning” degan soʻz “uning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
29) 130-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Nashriyot va tahririyatlar uchun gazeta va jurnallarni realizatsiya qilishdan olingan tushum ularda reklamani joylashtirishdan olingan daromadlar kiritilgan holda aniqlanadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan foizlar, royalti, daromadlar olish imkonini beruvchi mol-mulkni va mulkiy huquqlarni boshqa shaxslarga foydalanishga berish, shuningdek talab qilish huquqidan boshqa shaxsning foydasiga voz kechishdan olingan daromadlar, agar ushbu xizmatlardan olingan jami daromadlar summasi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarning umumiy summasida ustunlik qilsa, xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar deb eʼtirof etiladi.
Kredit, sugʻurta tashkilotlari, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun ushbu Kodeksning tegishincha 148, 150 va 152-moddalarida koʻrsatilgan daromadlar xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar deb eʼtirof etiladi”;
toʻrtinchi—sakkizinchi qismlari tegishincha yettinchi — oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;
30) 131-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish koʻrsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi”;
31) 132-modda:
9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9) ushbu Kodeksning 138-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi daromadlar”;
12 va 13-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12) undirib olingan yoki qarzdor tomonidan tan olingan jarimalar va penya, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud hujjati asosida qarzdor tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan jarimalar va penya;
13) ushbu Kodeksning 140-moddasiga muvofiq kursdagi ijobiy farq”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan boshqa daromadlar qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi chegirilgan holda aniqlanadi.
Notijorat tashkilotlari uchun ushbu moddada nazarda tutilgan boshqa daromadlarga soliq solinmaydi, bundan mazkur modda birinchi qismining 11, 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan boshqa daromadlar mustasno”;
32) 133-moddaning:
birinchi qismidagi “nomoddiy aktivlar, qimmatli qogʻozlarning (ulushning, payning), tovar-moddiy zaxiralar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Asosiy vositalar va boshqa mol-mulk obyektlarining chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani (foydani yoki zararni) aniqlashda asosiy vositalar va boshqa mol-mulk obyektlarining ilgarigi qayta baholashlardagi ortgan summasining ushbu asosiy vositalar va boshqa mol-mulk obyekti qiymatining ilgarigi qayta baholashlardagi kamayishi summasidan ortgan qismi asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromad tarkibiga kiritiladi”;
33) 135-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“joʻnatish, yetkazib berish yoki topshirish hujjatlari”;
34) 138-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoplash tarzida olinadigan daromadlarga soliq solinadigan bazani aniqlashda ilgari chegirilgan va joriy soliq davrida oʻrni qoplangan xarajatlar va (yoki) zararlar kiradi”;
uchinchi qismidagi “jami” degan soʻz “boshqa” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Zaxiralarni tashkil etish xarajatlari soliq solinadigan bazani aniqlashda ilgari chegirib tashlangan shubhali qarzlar (tavakkalchilik operatsiyalari) boʻyicha zaxiralar qisqargan hollarda, ularning qisqarish summasi boshqa daromadlar tarkibida hisobga olinadi yoki buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq xarajatlarni kamaytiradi”;
35) 141-modda sakkizinchi qismi 1-bandining oʻzbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini koʻrsatish uchun boshqa shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishi munosabati bilan, shuningdek komitent yoki boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi va (yoki) boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarga haq toʻlash hisobiga vositachi va (yoki) boshqa ishonchli vakil tomonidan topshirilgan mol-mulk tarzidagi toʻlovlar, agar bunday xarajatlar tuzilgan shartnomalarning shartlariga muvofiq vositachi yoki boshqa ishonchli vakilning yoxud boshqa topshiriq beruvchining xarajatlari tarkibiga kiritilishi lozim boʻlmasa”;
36) 143-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehnatga haq toʻlash xarajatlariga quyidagilar kiradi:
1) haqiqatda bajarilgan ish uchun mehnatga haq toʻlashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan ish haqi;
2) ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;
3) predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish boʻlgan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga toʻlanadigan toʻlovlar, bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan tuzilgan shartnomalar mustasno;
4) yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga oʻxshash organi) aʼzolariga yuridik shaxsning oʻzi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar;
5) ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar:
a) yillik ish yakunlari boʻyicha mukofot;
b) yuridik shaxsning mukofotlash toʻgʻrisidagi lokal hujjatlarida nazarda tutilgan toʻlovlar;
v) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va mansab maoshlariga ustamalar;
g) koʻp yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va toʻlovlar;
d) ratsionalizatorlik takliflari uchun toʻlovlar;
6) kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya):
a) qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay boʻlgan joylardagi ishlar bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovlar (ish staji uchun ustamalar, baland togʻli, choʻl va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar boʻyicha toʻlovlar);
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar roʻyxati boʻyicha ogʻir, zararli, oʻta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar;
v) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda mansab maoshlariga ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar;
g) koʻp smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;
d) doimiy ishi yoʻlda kechadigan yoki koʻchib yurish va harakatlanish xususiyatiga ega boʻlgan xodimlarning joʻnab ketish paytidan qaytib kelish paytigacha yoʻldagi har bir sutka uchun toʻlanadigan ish haqiga ustamalar;
e) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ishlar vaxta usulida bajarilganda xodimlarning ish haqiga ustamalar;
j) yuridik shaxs joylashgan yerdan (yigʻilish punktidan) ishlash joyigacha va orqaga qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda yoʻlga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va (yoki) transport tashkilotlarining aybi bilan yoʻlda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi, mansab maoshi miqdorida toʻlanadigan summalar;
z) ishlar vaxta usulida tashkil qilinganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun toʻlovlar;
i) yer osti ishlarida doimiy band boʻlgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining meʼyoriy vaqti uchun toʻlanadigan qoʻshimcha haqlar;
k) dala taʼminoti;
7) ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash:
a) qonun hujjatlariga muvofiq:
yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) taʼtilga haq toʻlash, shuningdek undan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya toʻlash;
noqulay va oʻziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qoʻshimcha taʼtilga haq toʻlash;
oʻqish bilan bogʻliq taʼtilga va ijodiy taʼtillarga haq toʻlash;
oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollarga berilgan qoʻshimcha taʼtilga haq toʻlash;
b) asosiy ish joyi boʻyicha asosiy ish haqi qisman saqlab qolingan holda majburiy taʼtilda boʻlgan xodimlarga beriladigan toʻlovlar;
v) donor xodimlarga koʻrikdan oʻtish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq toʻlash;
g) Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq toʻlash;
d) qishloq xoʻjaligi ishlariga va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi boʻyicha saqlab qolinadigan ish haqi;
e) avvalgi ish joyi boʻyicha mansab maoshi miqdorlari muayyan bir muddat davomida saqlab qolingan holda boshqa yuridik shaxslardan ishga joylashtirilgan, shuningdek vazifani vaqtincha bajarib turganda xodimlarga maoshdagi farqni toʻlash;
j) yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda oʻqishi vaqtida asosiy ish joyi boʻyicha toʻlanadigan ish haqi;
z) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq toʻlash;
i) sogʻligʻining holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan kamroq haq toʻlanadigan ishga oʻtkazilganda saqlanadigan avvalgi oʻrtacha oylik ish haqini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda toʻlash, shuningdek vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalariga ish haqining haqiqiy miqdorigacha qoʻshimcha haq toʻlash;
k) majburiy progul vaqti yoki kam haq toʻlanadigan ishni bajarganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq yoki yuridik shaxsning qaroriga koʻra haq toʻlash;
l) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtish bilan bogʻliq vaqt uchun haq toʻlash;
m) yuridik shaxslarning asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun, oʻquvchilar va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan malakali xodimlari mehnatiga haq toʻlash;
n) oliy oʻquv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga taʼtil vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan toʻlanadigan nafaqalar;
8) nogironlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoʻshimcha toʻlovlar”;
37) 144-modda jadvalining VII guruhi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
VII Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar 1 Koʻp yillik dov-daraxtlar 10 2 Boshqalar 15
38) 145-modda:
1-bandining oʻzbekcha matnidagi “chet” degan soʻz “oʻzga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2-bandining oʻzbekcha matnidagi “butkul” degan soʻz “kapital” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) vakolatli tashkilotlar tomonidan muayyan huquqlar yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berishni nazarda tutuvchi hujjatlarni berganlik uchun yigʻimlar, bojlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ekspertizadan oʻtkazish hamda mahsulotni sertifikatlashtirish bilan bogʻliq xarajatlar”;
11-bandining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bu xarajatlar mazkur shaxslarning rasmiy qabulini oʻtkazish, transport taʼminoti, ovqatlanishi va turar joyi, soliq toʻlovchining shtatida turmagan tarjimonlar xizmatiga haq toʻlash xarajatlaridir”;
15-bandi “ushbu Kodeksning 143-moddasida koʻrsatilganlari bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
18-bandining oʻzbekcha matnidagi “qayta” degan soʻz chiqarib tashlansin;
20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20) soliq toʻlovchining faoliyatida zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek xodimlarning malakasini oshirish xarajatlari”;
22-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22) assotsiatsiyalarga, jamgʻarmalarga va boshqa tashkilotlarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga toʻlanadigan badallar, agar bunday badallarni toʻlash soliq toʻlovchi faoliyatining amalga oshirilishi uchun majburiy shart boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshirilsa”;
25-bandidagi “davriy (joriy)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
27-bandining oʻzbekcha matnidagi “mehnatda jarohatlanishi” degan soʻzlar “mehnatda mayib boʻlishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28-bandi chiqarib tashlansin;
31-bandidagi “xalq taʼlimi” degan soʻzlar “taʼlim” degan soʻz bilan almashtirilsin;
33-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33) Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga mol-mulkni sugʻurta qilish va hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha toʻlanadigan sugʻurta mukofotlari summalari”;
43-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarining oʻzbekcha matnidagi “mulk huquqining ushbu chet el valyutasiga oʻtishi sanasidagi holatga koʻra” degan soʻzlar “ushbu chet el valyutasiga boʻlgan mulk huquqining oʻtish sanasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
49-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini, bolani ikki yoshga toʻlguniga qadar parvarishlash nafaqalarini, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalarni toʻlash xarajatlari”;
quyidagi mazmundagi 50 — 56-bandlar bilan toʻldirilsin:
“50) xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan ishdan boʻshatish nafaqasi va boshqa toʻlovlar;
51) mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlarni mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan shoʻr suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan taʼminlash xarajatlari;
52) xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish xarajatlari;
53) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni oʻz xizmat vazifalarini bajarishi chogʻida oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlari;
54) xodim boshqa joyga ishga oʻtkazilganda yoxud koʻchib borganda koʻchish, mol-mulkini koʻchirib borish, joy ijarasi (yoʻl xarajatlari uchun beriladigan pul) xarajatlari;
55) mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash boʻyicha quyidagi miqdordagi toʻlovlar:
jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik toʻlovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib boʻlgan taqdirda, zararning oʻrni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin eng kam ish haqining besh baravaridan kam boʻlmagan miqdorda qoplanadi);
maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qoʻshimcha xarajatlar uchun oyiga eng kam ish haqining ikki baravari miqdoridagi toʻlovlar;
jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qoʻshimcha xarajatlar tariqasida har oyda eng kam ish haqining ellik foizi miqdoridagi toʻlovlar;
xodimning sogʻligʻiga shikast yetganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik oʻrtacha ish haqi miqdoridagi toʻlovlar;
56) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi toʻlovlar:
marhum oʻrtacha oylik ish haqining vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga toʻgʻri keladigan ulushi miqdoridagi toʻlovlar;
boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli boʻlgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida marhumning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi toʻlovlar”;
39) 146-moddaning nomi va birinchi qismi birinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “bazadan”, “bazani” degan soʻzlar tegishincha “foydadan”, “foydani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
40) 147-moddaning:
9—11-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9) ushbu Kodeksning 177-moddasida nazarda tutilgan jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblanadigan soliq toʻlovchining xarajatlari;
10) xodimlarga taʼtil uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha toʻlangan haq va ular boʻyicha pullik kompensatsiyalar, bundan ushbu Kodeksning 143-moddasida koʻrsatilganlari mustasno;
11) dala taʼminoti, xizmat maqsadida xodimning shaxsiy avtotransportdan foydalanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha toʻlangan toʻlovlar”;
14 va 15-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14) mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoxud mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha shikastlanishi sababli xodimlarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha toʻlanadigan toʻlovlar;
15) ekologiya, sogʻlomlashtirish va xayriya jamgʻarmalariga, madaniyat, sogʻliqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, taʼlim muassasalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga badallar, homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablagʻlar”;
21-bandi “va taʼtilga qoʻshimcha toʻlanadigan haqlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
41) 148-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “119-modda. Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan va toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanish tartibini buzish”; Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-241-son). neolex.uz/uz/laws/law-1566033/119 (lex.uz/docs/-1566036)