“148-modda. Kredit tashkilotlarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlari”;
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-241-son) · Sana: 30.12.2009 · Amalda
birinchi qismining:
birinchi xatboshisi va 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kredit tashkilotlarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
1) kredit tashkilotining oʻz nomidan va oʻz hisobidan pul mablagʻlarini joylashtirishdan, kreditlar hamda zayomlar berishdan olinadigan foizlar, boshqa foizli daromadlar. Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan kreditlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq foizlarni toʻlash boʻyicha imtiyozli davr berilgan kreditlar boʻyicha foizli daromadlar kredit shartnomasiga koʻra olish muddati yetib kelmagunicha soliq solinadigan daromad sifatida qaralmaydi”;
6 va 11-bandlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Balansning valyuta qismi qayta baholanishidan olingan daromadlar, shuningdek chet el valyutasi kursining oʻzgarishi munosabati bilan yuzaga kelgan ijobiy farq ushbu Kodeksning 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar sifatida qaraladi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
42) 150-moddaning nomi va birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
