“110-modda. Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini va uni javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holatlar”;
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-241-son) · Sana: 30.12.2009 · Amalda
23) 113-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Soliq toʻlovchining, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining davlat soliq xizmati organida obyektlar boʻyicha hisobga turishdan boʻyin tovlashi quyidagi miqdorda jarima solinishiga sabab boʻladi:
agar hisobga turish boʻyicha belgilangan muddatdan koʻpi bilan oʻttiz kun oʻtgan boʻlsa, — eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida;
agar hisobga turish boʻyicha belgilangan muddatdan oʻttiz kundan ortiq oʻtgan boʻlsa, — eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida”;
24) 115-moddaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq toʻlovchi — jismoniy shaxsga yoki soliq toʻlovchining mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoki kameral nazorat natijalari boʻyicha aniqlangan tafovutlar asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaganlik”;
25) 117-moddaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“faoliyatning ushbu turlarini litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz amalga oshirish davrida olingan sof foyda miqdorida, biroq eng kam ish haqining ellik baravaridan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
26) 118-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinmaydigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik”;
27) 119-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
