27-modda. Elektr energiyasi isteʼmolchilarining majburiyatlari
Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-225-son) · Sana: 30.09.2009 · Amalda
Elektr energiyasi isteʼmolchilari:
elektr taʼminoti shartnomasi shartlarida belgilangan elektr energiyasini isteʼmol qilish rejimiga rioya etishi;
foydalanilgan elektr energiyasi uchun haqni elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida toʻlashi;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakilining elektr energiyasini hisobga olish asboblarini tekshirishiga yoʻl qoʻyishi;
elektr energiyasidan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirishi;
oʻzi foydalanayotgan elektr tarmoqlari, asbob va uskunalarining lozim darajadagi texnik holati hamda xavfsizligini taʼminlashi, ularning nosozliklari toʻgʻrisida hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yoki elektr taʼminoti korxonasiga xabar qilishi shart.
Elektr energiyasi isteʼmolchilari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
