28-modda. Isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatish
Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-225-son) · Sana: 30.09.2009 · Amalda
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki uning elektr taʼminoti korxonasi quyidagi hollarda:
elektr taʼminoti shartnomasi shartlarida belgilangan elektr energiyasini isteʼmol qilish rejimi buzilganda;
hududiy elektr tarmoqlariga elektr qurilmalari oʻzboshimchalik bilan ulanganda;
elektr energiyasini hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazilganda yoki hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashilganda;
foydalanilgan elektr energiyasi uchun elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan muddatlarda haq toʻlanmaganda isteʼmolchiga elektr energiyasi yetkazib berishni belgilangan tartibda toʻxtatishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki uning elektr taʼminoti korxonasi isteʼmolchiga elektr energiyasi yetkazib berishni qayta tiklaydi.
