25-modda. Elektr taʼminoti korxonalarining majburiyatlari
Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-225-son) · Sana: 30.09.2009 · Amalda
Elektr taʼminoti korxonalari:
elektr taʼminoti shartnomalariga muvofiq isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlashi;
oʻz elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasining milliy standartlarda belgilangan sifat koʻrsatkichlarini saqlab turishi;
elektr tarmoqlarining lozim darajadagi texnik holati va xavfsizligini taʼminlashi;
isteʼmolchilar tomonidan haqiqatda foydalanilgan elektr energiyasi uchun toʻlovlar hisobini yuritishi;
elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlaridagi rejali taʼmirlash ishlari va avariya rejimi munosabati bilan elektr energiyasi yetkazib berishning cheklanishi toʻgʻrisida isteʼmolchilarni belgilangan tartibda xabardor qilishi;
isteʼmolchilarning elektr taʼminoti masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqishi shart.
Elektr taʼminoti korxonalari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
