16-modda. Yuridik shaxslarning magistral elektr tarmoqlari sifatida foydalaniladigan elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari
Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-225-son) · Sana: 30.09.2009 · Amalda
Yuridik shaxslarning elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlaridan elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli organning qaroriga koʻra magistral elektr tarmoqlari sifatida foydalanilishi mumkin.
Qaysi yuridik shaxslarning elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlaridan magistral elektr tarmoqlari sifatida foydalanilsa, oʻsha yuridik shaxslar:
elektr energiyasining milliy standartlarda belgilangan sifat koʻrsatkichlarini saqlab turishi;
Texnik jihatdan foydalanish qoidalariga muvofiq elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishni va ularni taʼmirlashni amalga oshirishi;
elektr energiyasining texnologik nobudgarchiligini kamaytirish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi shart.
Qaysi yuridik shaxslarning elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlaridan magistral elektr tarmoqlari sifatida foydalanilsa, oʻsha yuridik shaxslar:
hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan elektr energiyasini uzatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnomalar tuzishga;
elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli organning ruxsatisiz elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishga yoki ularni foydalanishdan chiqarishga haqli emas.
