15-modda. Magistral elektr tarmoqlari korxonasi
Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-225-son) · Sana: 30.09.2009 · Amalda
Magistral elektr tarmoqlari korxonasi:
elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini uzatishni, shuningdek boshqa davlatlarning elektr energetikasi tizimlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari orqali uzatishda xavfsizlikni taʼminlaydi;
oʻz elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasining milliy standartlarda belgilangan sifat koʻrsatkichlarini saqlab turadi;
Elektr stansiyalari va tarmoqlaridan texnik jihatdan foydalanish qoidalariga (bundan buyon matnda Texnik jihatdan foydalanish qoidalari deb yuritiladi) muvofiq oʻz elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlaridan foydalanilishini va ularning taʼmirlanishini tashkil etadi;
oʻz elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasining texnologik nobudgarchiligini kamaytirish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Magistral elektr tarmoqlari korxonasi qonunchilikka muvofiq boshqa faoliyatni ham amalga oshirishi mumkin.
Magistral elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari davlat mulkidir va ular xususiylashtirilmaydi.
