Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-225-son) · Sana: 30.09.2009 · Amalda
Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar elektr energiyasini ishlab chiqarishda xavfsizlikni taʼminlashi va magistral elektr tarmoqlariga sifat koʻrsatkichlari milliy standartlarga mos boʻlgan elektr energiyasini yetkazib berishi shart.
Yagona elektr energetikasi tizimiga ulangan issiqlik elektr stansiyalari, issiqlik elektr markazlari, shuningdek qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanadigan elektr stansiyalari davlat mulki yoki xususiy mulk boʻlishi mumkin. Yagona elektr energetikasi tizimiga ulangan gidroelektrostansiyalar davlat mulkidir.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1521177
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 10-modda. Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-225-son). neolex.uz/uz/laws/law-1521175/10 (lex.uz/docs/-1521177)