9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektr energetikasi sohasidagi vakolatlari
Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-225-son) · Sana: 30.09.2009 · Amalda
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
elektr energetikasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
elektr energetikasi obyektlarini joylashtirish toʻgʻrisida qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
kelgusi yil uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan taqdim etilgan elektr energiyasi isteʼmoli hajmlarini kelishib oladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tezkor-dispetcherlik boshqaruviga, shuningdek elektr energiyasini hosil qilish, uzatish va taqsimlashga aralashishga haqli emas.
