9-modda. Davlat budjeti tuzilmasi
Budjet tizimi toʻgʻrisida (158-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Davlat budjeti:
respublika budjetini;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni oʻz ichiga oladi.
Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamgʻarmalari jamlanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpogʻiston) boʻysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.
Viloyatning budjeti viloyat budjetini, viloyatga boʻysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.
Tumanlarga boʻlinadigan shaharning budjeti shahar budjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.
Tumanga boʻysunadigan shaharlari boʻlgan tumanning budjeti tuman budjetini va tuman boʻysunuvidagi shaharlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.
