8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari
Budjet tizimi toʻgʻrisida (158-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi;
Davlat budjeti mablagʻlarining tushumi va sarfi tartibini belgilaydi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;
respublika budjeti xarajatlarini amalga oshiradi;
budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
budjet mablagʻlari oluvchilarning Davlat budjeti mablagʻlaridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
