38-modda. Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish
Budjet tizimi toʻgʻrisida (158-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat budjeti ijrosi nazorat qilinishini amalga oshirish chogʻida:
turli darajadagi budjetlar ijrosi yakunlarini koʻrib chiqadi;
turli darajadagi budjetlarga mablagʻlar tushumi toʻgʻrisida soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlardan axborotlar oladi;
budjet mablagʻlari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat koʻrsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini ushbu Qonunga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazadi;
tovar yetkazib beruvchining (ish bajaruvchining, xizmat koʻrsatuvchining) bevosita hisobvaragʻiga budjet mablagʻlarini oluvchilar nomidan toʻlovlarni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablagʻlari harakati toʻgʻrisida maʼlumotlar oladi;
budjet mablagʻlari oluvchilarning moliya-xoʻjalik faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan oʻtkazadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat budjeti ijrosining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini koʻrib chiqadi.
