37-modda. Davlat budjetining kassa ijrosi
Budjet tizimi toʻgʻrisida (158-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Davlat budjetining kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari Davlat budjetining kassa ijrosini taʼminlaydi. Banklar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining topshirigʻiga binoan Davlat budjetining kassa ijrosi operatsiyalarini bajaradi.
Budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlari ularning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida yoki uning hududiy boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlaridagi budjetdan ajratilgan mablagʻlar qoldiqlari doirasida toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha amalga oshiriladi.
