29-modda. Davlat budjetining qabul qilinishi
Budjet tizimi toʻgʻrisida (158-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Davlat budjeti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi.
Davlat budjetiga muvofiq:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin ikki haftalik muddat ichida tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar budjetlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar budjetlari qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida tuman, shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlari va tuman boʻysunuvidagi shaharlar budjetlari — belgilangan muddatlarda mahalliy hokimiyat yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan qabul qilinadi.
