28-modda. Budjetnoma
Budjet tizimi toʻgʻrisida (158-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar bilan birgalikda quyidagilarni oʻz ichiga olgan budjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va birinchi oktyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻtgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi;
2) oʻtgan yilgi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan va joriy yilgi Davlat budjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;
3) kelgusi yilga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda asos boʻlgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari;
4) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yoʻnalishlari loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan;
5) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yoʻnalishlariga sharhlar;
6) davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular boʻyicha xarajatlar holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
7) kelgusi moliya yiliga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan.
Budjetnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning oʻn beshinchi oktyabridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi.
