22-modda. Xarajatlarni respublika budjetidan moliyalashtirish
Budjet tizimi toʻgʻrisida (158-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
1) fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga boʻysunadigan budjet tashkilotlari boʻyicha);
2) ijtimoiy taʼminot;
3) mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini taʼminlash;
4) sudlar va prokuratura organlari faoliyatini taʼminlash;
5) davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash;
6) davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini taʼminlash;
8) iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga boʻysunadigan budjet tashkilotlarini saqlash;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
10) yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
11) qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
12) gidrometeorologiya, doʻlga qarshi kurash chora-tadbirlari;
13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
