23-modda. Xarajatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtirish
Budjet tizimi toʻgʻrisida (158-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga moʻljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi:
1) fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha);
2) ijtimoiy taʼminot;
3) aholini ijtimoiy himoya qilish;
4) Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash;
5) iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjet tashkilotlarini saqlash;
6) qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
