20-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari
Budjet tizimi toʻgʻrisida (158-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Davlat maqsadli jamgʻarmalariga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining maxsus hisobvaragʻi;
Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi.
Davlat maqsadli jamgʻarmalarini tuzish, jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
