19-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar xarajatlari
Budjet tizimi toʻgʻrisida (158-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablagʻlar ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining joriy xarajatlari shaklida;
2) joriy budjet transfertlari shaklida;
3) kapital xarajatlar shaklida:
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bogʻliq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
davlat ehtiyojlari uchun yerga boʻlgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
4) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
