11-modda. Davlat budjeti daromadlari
Budjet tizimi toʻgʻrisida (158-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Davlat budjeti daromadlari:
1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yigʻimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlar;
2) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablagʻlari;
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan toʻlovlar;
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
