“5-modda. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-212-son) · Sana: 22.04.2009 · Amalda
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar taqdim etadigan axborotni tekshirish va ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar majmui”;
4) 6-modda:
birinchi qismidagi “qonun hujjatlariga muvofiq majburiy nazorat” degan soʻzlar “maxsus vakolatli davlat organiga xabar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda majburiy nazorat” degan soʻzlar “maxsus vakolatli davlat organiga xabar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalari tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda, bunday organlar boʻlmagan holda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat mazkur qoidalarni tasdiqlagan organlar, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi”;
5) 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
