“7-modda. Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-212-son) · Sana: 22.04.2009 · Amalda
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar:
ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda xoʻjalik, fuqaroviy huquqiy munosabatlar aniqlanganda;
ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;
shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda;
mijozning shaxsi toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga nisbatan shubhalar mavjud boʻlganda, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil chora-tadbirlar koʻrishlari shart.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
tegishli hujjatlar asosida mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali mulkdorni yoki yuridik shaxs boʻlgan mijozni nazorat qiluvchi shaxsni identifikatsiyalashni;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganishni”;
6) 9-moddaning toʻrtinchi—oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqador pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi materiallarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi tegishli organlarga yuboradi;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni, agar bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi oʻzi olgan xabar tekshirish natijalariga koʻra asosli deb topilgan boʻlsa, ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish haqida koʻrsatmalar yoʻllaydi;
