52-modda. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tarzida tushgan mablagʻlardan foydalanish
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash tarzida tushgan mablagʻlardan yangi yerlarni oʻzlashtirish, sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiyalash, kollektor zovur tarmogʻini qurish va qayta qurish hamda sugʻoriladigan yerlarni tekislash va suv bilan taʼminlanishini oshirish, madaniy sugʻoriladigan yaylovlarni yaratish hamda tiklash, pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash, tuproqning unumdorligin oshirish, shuningdek yerlar olib qoʻyilishi va boshqalarga berilishi munosabati bilan buzilgan yer tuzilishiga doir hujjatlarga tuzatish kiritish yoki loyiha va boshqa hujjatlarni tuzish uchun foydalaniladi.
Hokimiyatning viloyat idoralarining qaroriga muvofiq bu mablagʻlardan qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish yoʻlida ham foydalanish mumkin.
Oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarning oʻrnini qoplash tarzida tushadigan mablagʻlar alohida hisobga olinadi va ulardan oʻrmonlar va oʻrmon mintaqalari barpo etish va tiklash, qumliklarda, suv havzalari va daryolarning qirgʻoq boʻylarida daraxtzorlar barpo etish uchun hamda oʻrmonzorlarning holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
