47-modda. Oʻrmon fondi yerlari
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Oʻrmon bilan qoplangan, shuningdek oʻrmon bilan qoplanmagan boʻlsa ham oʻrmon xoʻjaligi ehtiyoji uchun berib qoʻyilgan yerlar oʻrmon fondi yerlari deb eʼtirof etiladi.
Oʻrmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini toʻxtatish, shaharlar va sanoat markazlari tevaragida ixota oʻrmonzorlar va koʻkalamzor maydonlar yaratish maqsadida boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar oʻrmon fondi yerlari tarkibiga belgilangan tartibda oʻtkazilishi mumkin.
Hokimiyatning tuman idoralari oʻrmon xoʻjaligi yuritish uchun kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalariga, muassasalariga va tashkilotlariga ijara shartlari asosida vaqtincha foydalanishga berishlari mumkin.
Oʻrmon fondi yerlarida foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan belgilanadi.
