46-modda. Tarix-madaniyat ahamiyatiga molik yerlar
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun berib qoʻyilgan tarix-madaniyat qoʻriqxonalari, meʼmorial bogʻlar, maqbaralar, arxeologiya yodgorliklari yerlari, tarix va madaniyat yodgorliklari joylashgan yerlar tarix-madaniyat ahamiyatiga molik yerlar qatoriga kiradi.
Bu yerlarda oʻzga maqsadlarda foydalanish man etiladi.
Tarix-madaniyat ahamiyatiga molik yerlardan foydalanish, ular tevaragida muhofaza zonalarini hamda binolar qurishni tartibga soluvchi zonalarni joriy qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
