48-modda. Suv fondi yerlari
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Belgilangan tartibda suv xoʻjaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qoʻyilgan suv-havzalari (daryolar, koʻllar, suv omborlari, kanallar, dengizlar va h.k.) muzliklar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv inshootlari egallab turgan yerlar, shuningdek suv havzalarining qirgʻoqlari boʻylab ajratib qoʻyilgan mintaqadagi yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi.
Daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv taʼminoti, aholining davolash hamda madaniy-sogʻlomlashtirish ehtiyojlariga xizmat qiladigan manbalar qirgʻogʻi boʻylab Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda suvni muhofaza qilish zonalari va qirgʻoq boʻyi mintaqalari ajratiladi.
Daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining qirgʻoq boʻyi mintaqalari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qoʻyilishi mumkin.
Suv fondi yerlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan belgilanadi.
