17-modda. Yerga egalik qiluvchilarning huquq va burchlari
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Yer egalari quyidagi huquqlarga egadirlar:
1) yerda mustaqil xoʻjalik yuritish;
2) yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsuloti va uni sotishdan olingan daromadga egalik qilish;
3) yer uchastkasida mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, oʻrmonlar, koʻllar, sugʻorish va kollektor-zovur tarmogʻidan belgilangan tartibda xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;
4) uy-joylar, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlar barpo etish;
5) qishloq xoʻjalik ekinzorlariga, daraxt va butalarga egalik qilish;
6) yer olib qoʻyilgan yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilgan taqdirda yerning unumdorligini oshirishga sarflangan xarajatlarni toʻla undirib olish;
7) Yer uchastkasini yoki uning bir qismini ichki xoʻjalik ijarasi tartibida vaqtincha foydalanish uchun berish;
8) Qishloq xoʻjalik ekinlarini, daraxt va butalarni sugʻorish uchun hamda boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalardan va kanallardan belgilangan limitlarga muvofiq suv olish huquqiga egadirlar.
Yer egalari shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish uchun kim oshdi savdosi asosida olingan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqini kreditlar olish uchun garovga qoʻyishlari mumkin.
Yer egalari quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
1) yerdan koʻzlangan maqsadlarda samarali foydalanish, tuproq, unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qilish texnologiyalarini qoʻllash, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida hududida ekologiya vaziyati yomonlashishiga yoʻl qoʻymaslik;
2) ushbu Qonunda koʻzda tutilgan yerlarni muhofaza qilishga oid turkum tadbirlarni amalga oshirish;
3) yer soligʻini oʻz vaqtida toʻlab turish;
4) yerga egalik qiluvchi va yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan, ijarachilarning huquqlarini buzmaslik.
