11-modda. Yer ijarasi
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Yerni shartnoma asosida ijaraga muayyan muddatga, qishloq xoʻjalik maqsadlari uchun esa kamida 10 yilga quyidagi idoralar beradilar:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga — qishloq va posyolka oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari, hokimiyatning tuman va shahar idoralari;
ushbu maʼmuriy tumandagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga — hokimiyatning tuman idoralari, boshqa tumanlardan kelgan xuddi shu xildagi yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarga esa hokimiyatning viloyat va shahar idoralari;
respublika hamda chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qoʻshma korxonalarga, xalqaro birlashmalarga va tashkilotlarga, shuningdek xorijiy davlatlarga, xalqaro tashkilotlarga, chet el yuridik shaxslari va fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi beradi.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari yerni ichki xoʻjalik ijarasi tartibida ayrim xodimlarga va ijarachi jamoalarga biriktirib qoʻyishlari mumkin.
Ijara shartlari tomonlarning kelishuviga binoan belgilanadi va shartnomada mustahkamlanadi. Ijarachi yerni ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilash uchun ustun huquqqa egadir.
Yer ijarasi haqini toʻlash va ijarani bekor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
