24-modda. Foydalanuvchilarning huquqlari
“Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-211-son) · Sana: 22.04.2009 · Amalda
Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanish;
oʻz huquq va majburiyatlari, Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalari, koʻrsatilayotgan xizmatlar toʻgʻrisidagi va ushbu xizmatlarga doir tariflar haqidagi axborotdan erkin foydalanish;
oʻz pochta manzili boʻyicha, yoʻqlab olish tarzida yoki abonement pochta javonining qutichalaridan foydalangan holda pochta, kuryerlik joʻnatmalarini va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini olish;
oʻz pochta manziliga kelgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari yoki pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalaridan voz kechish;
qiymati eʼlon qilingan joʻnatma joylanmasining bahosi summasini mustaqil ravishda belgilash;
pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan oʻz vaqtida hamda sifatli xizmat koʻrsatilishi;
pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki lozim darajada koʻrsatilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrni qoplanishi, maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi;
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan harakatlar (harakatsizlik) va qarorlar ustidan bevosita sudga yoxud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat bilan murojaat etish.
Foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
