20-modda. Naf oluvchining huquqlari
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-210-son) · Sana: 16.04.2009 · Amalda
Naf oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
sugʻurta tovonini olish haqidagi talab bilan ish beruvchiga yoki sugʻurtalovchiga murojaat etish;
qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurtalovchi va (yoki) annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchidan sugʻurta tovonini olish;
ish beruvchidan, sugʻurtalovchidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining shartlari toʻgʻrisida hamda annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchidan annuitetlar shartnomasi shartlari haqida bepul axborot olish;
xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarayotganda vafot etganligi haqida ish beruvchiga xabar qilish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani tekshirishda belgilangan tartibda ishtirok etish, zarur boʻlgan hollarda kasaba uyushmasi vakillarini yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillarini yoxud oʻzining ishonchli shaxsini jalb etgan holda ishtirok etish;
ish beruvchidan sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni olish.
