6-modda. Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad soligʻini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida · Sana: 24.07.2008 · Amalda
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oladigan daromadi (shu jumladan qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar) ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mol-mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligida ifodalangan tushunchaga ega boʻladi. Har qanday holda ham ushbu atama belgilagan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, qishloq va oʻrmon xoʻjaligida foydalanadigan chorva mollari va jihozlar, yer ustidagi mulk toʻgʻrisidagi umumiy qonunchilik qoidalari qoʻllaniladigan huquqlar, koʻchmas mulkdan foydalanish huquqlari va resurslar qatlamlarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlar huquqini yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini oʻz ichiga oladi; dengiz va havo kemalari koʻchmas mulk hisoblanmaydi.
3. Mazkur moddaning 1-bandi qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
4. Mazkur moddaning 1 va 3-bandlari qoidalari korxonaning koʻchmas mulkidan olgan daromadlariga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirish uchun foydalanadigan koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
