7-modda. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad soligʻini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida · Sana: 24.07.2008 · Amalda
1. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasi, agar korxona oʻzining tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda unda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, ammo faqat ana shu doimiy muassasaga tegishli boʻlgan qismigina soliqqa tortiladi.
2. Mazkur moddaning 3-bandi qoidalariga muvofiq, agar Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga foyda u alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida amalga oshirib doimiy muassasa hisoblangan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrib olishi mumkin boʻlgan foyda kabi hisoblab yoziladi.
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda, ushbu doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan, shu jumladan doimiy muassasa joylashgan Davlatda va undan tashqaridagi faoliyat maqsadlari uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlarni, har qanday qoʻllanilishi mumkin boʻlgan soliq qonunchiligi yoki tartibni inobatga olgan holda, chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
Agar doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki uning boshqa ofislaridan istalgan biriga patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun gonorarlar, royalti toʻlovlari yoki boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar orqali yoki aniq xizmatlar koʻrsatganlik uchun komission toʻlov yoʻli bilan yoki menejment uchun yoxud bank muassasasidan tashqari ana shu korxona uchun qarzga berilgan qarz foizlari toʻlovlari yoʻli bilan toʻlanadigan (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan boshqa boʻlgan) summalarga nisbatan hech qanday chegirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu tarzda, doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki uning ofislaridan boshqa har qaysisiga gonorarlar, royalti toʻlovlari yoki patentlardan yoxud boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menejment uchun komission toʻlovlar yoʻli bilan yoki bank muassasasidan tashqari ana shu korxona uchun qarzga berilgan qarz foizlari toʻlovlari yoʻli bilan (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan tashqari) sarflangan summalar doimiy muassasa foydasini aniqlashda eʼtiborga olinmaydi.
