22-modda. Ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish
Ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad soligʻini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida · Sana: 24.07.2008 · Amalda
1. Singapurda ikki yoqlama soliqqa tortish quyidagi tarzda bartaraf etiladi:
a) Agar Singapur rezidenti ushbu Bitim qoidalariga muvofiq Oʻzbekistondagi manbalardan soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa, unda Singapur oʻz qonunchiligiga koʻra Oʻzbekistonda toʻlangan soliqni hisobga olib, rezidentini ushbu soliqni toʻgʻridan toʻgʻri yoki chegirish orqali Singapurda toʻlashdan ozod etadi. Agar bunday daromad Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan kompaniyasi tomonidan Singapur rezidenti boʻlgan kompaniyaga toʻlagan dividendlar boʻlsa va bu kompaniya bevosita yoki bilvosita birinchi kompaniya Ustav kapitalining 10% dan kam boʻlmagan qismiga egalik qilsa, ushbu kompaniya tomonidan Oʻzbekistonda toʻlangan soliq dividenddan tashqari olingan foydadan olinadigan daromaddan soliq hisobidan chegiriladi.
2. Oʻzbekistonda ikki yoqlama soliqqa tortish quyidagi tarzda bartaraf etiladi:
qachonki, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti ushbu Bitim qoidalariga muvofiq Singapurda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa, unda Oʻzbekiston ushbu rezidentning daromadidan olinadigan soliqdan Singapurda toʻlangan daromad soligʻiga teng qiymatni chegirib tashlash imkonini beradi.
Bunday chegirma, har qanday hollarda ham, vaziyatga koʻra Singapurda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromadga taalluqli chegirma taqdim qilingunga qadar hisoblab chiqiladigan daromaddan olinadigan soliq qismidan ortiq boʻlmasligi lozim.
