21-modda. Boshqa daromadlar
Ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad soligʻini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida · Sana: 24.07.2008 · Amalda
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Bitimning oldingi moddalarida aytib oʻtilmagan daromad turlari, ularning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
2. 6-moddaning 2-bandida belgilangan koʻchmas mulkdan olingan daromadni istisno etgan holda, agarda bunday daromadni oluvchi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa yoki u erda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa, mazkur moddaning 1-bandi qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holatda, vaziyatga qarab, 7 va 14-moddalarning qoidalari qoʻllanadi.
3. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlari qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat rezidentining mazkur Bitimning yuqoridagi moddalarida koʻrib chiqilmagan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida vujudga keladigan boshqa daromad turlari ana oʻsha boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
