2-modda.
Readmissiya toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi · Sana: 04.07.2007 · Amalda
1. Uchinchi davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning har bir Tomon davlati hududiga kirganligi holati quyidagi hujjatlar asosida tasdiqlanadi:
a) soʻralayotgan Tomonning shaxsni aniqlovchi hujjatlarga yoki chegarani kesib oʻtish huquqini beruvchi yoki boshqa oʻtish hujjatlaridagi kirish toʻgʻrisidagi belgilari;
b) talab qilingan Tomonning qalbaki hujjatlardagi kirish toʻgʻrisidagi belgisi;
v) talab qilingan Tomonning davlat chegarasini kesib oʻtish holatini belgilash mumkin boʻlgan boshqa hujjatlar.
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan hujjatlar Tomonlardan qoʻshimcha rasmiyatchiliksiz uchinchi davlat fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning har bir Tomon davlat hududiga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar sifatida qabul qilinadi.
