1-modda.
Readmissiya toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi · Sana: 04.07.2007 · Amalda
1. Oʻzbekiston Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasining fuqaroligi quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun: diplomatik pasport, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosining guvohnomasi, Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelish uchun guvohnoma;
b) Rossiya Federatsiyasi fuqarosi uchun: diplomatik pasport, xizmat pasporti, Rossiya Federatsiyasi fuqarosining Rossiya Federatsiyasi hududidan tashqarisida shaxsini aniqlovchi Rossiya Federatsiyasi fuqarosi pasporti, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi pasporti, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi belgisi qoʻyilgan SSSR chet el pasporti, Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi toʻgʻrisida 1974-yildagi SSSR fuqarosi pasporti, dengizchi pasporti (dengizchi shaxsiy guvohnomasi), Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi toʻgʻrisida ilovasi bor boʻlgan bolaning tugʻilishi haqida guvohnomasi, Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi toʻgʻrisida belgisi bor boʻlgan bolaning tugʻilishi haqida guvohnomasi, Rossiya Federatsiyasiga kirish (qaytib kelish) toʻgʻrisidagi guvohnoma.
2. Tomonlardan har biri boshqa Tomonni yozma ravishda diplomatik kanallar orqali ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shu Tomon davlatining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar roʻyxatidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
3. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan hujjatlar, agarda amal qilish muddati tugagan boʻlsa ham, Oʻzbekiston Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini aniqlashda hisobga olinishi mumkin.
4. Shaxs Oʻzbekiston Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasining fuqaroligiga ega ekanligi toʻgʻrisida qarorga kelish quyidagilarga asoslanadi:
a) mazkur moddaning 1-bandida keltirilgan hujjatlarning nusxalari yoki dublikatlari;
b) Oʻzbekiston Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasi vakolatli organlari tomonidan berilgan boshqa hujjatlar;
v) tegishli vakolatli organlar tomonidan qonuniy asoslarda readmissiya qilinayotgan shaxsdan olingan yozma tushuntirishlar;
g) tegishli vakolatli organlar tomonidan qonuniy asoslarda guvohlardan olingan yozma tushuntirishlari;
d) mutasaddi rahbar xodimlarning yozma tushuntirishlari.
