3-modda.
Readmissiya toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi · Sana: 04.07.2007 · Amalda
1. Uchinchi davlat fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soʻralayotgan Tomon davlatining hududiga kirgan yoki u erda boʻlgan degan qarorga kelish quyidagilarga asoslanadi:
a) amal qilish muddati koʻpi bilan 6 oy oldin tugagan soʻralayotgan Tomon davlatida yashash uchun ruxsatnoma;
b) soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tomonidan soʻralayotgan Tomon davlatining hududida berilgan va amal qilish muddati tugagan vizalar;
v) vakolatli rahbar xodimlarning yozma tushuntirishlari;
g) mutasaddi vakolatli organlar tomonidan qonuniy asoslarda readmissiya qilinayotgan shaxsdan olingan yozma tushuntirishlar;
d) soʻralayotgan Tomon davlati hududida berilgan yoʻl chiptalari, shuningdek tibbiy muassasalar maʼlumotlari va hisob varaqalari;
e) qonuniy asosda olingan guvohlarning yozma tushuntirishlari.
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan, uchinchi davlat fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirib kelgan degan xulosaga kelish uchun asos boʻladigan hujjatlar deb hisoblanadi, agarda faqat topshirilayotgan hujjatlarni soʻralayotgan Tomon daliliy asosda ularni rad etmasa.
