2-modda. Tomonlar davlatlari fuqarolarini readmissiya qilish
Readmissiya toʻgʻrisida · Sana: 04.07.2007 · Amalda
1. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrovnomasiga muvofiq oʻz hududida amalda boʻlgan xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirib kelishi va boʻlishi masalalari toʻgʻrisidagi qoidalarni buzgan holda kirib kelgan shaxslarni qabul qiladi, agar soʻralayotgan Tomon davlatining fuqarosi ekanligi aniqlangan boʻlsa yoki soʻrayotgan Tomon davlati hududiga kirgandan keyin oʻz fuqaroligini yoʻqotgan boʻlsa va boshqa davlatning fuqaroligini olmagan boʻlsa, yoki bunday shaxslarga nisbatan soʻrayotgan Tomon davlatining fuqaroligini berishni rad etish toʻgʻrisida sud qarori qabul qilingani aniqlangan boʻlsa.
2. Zarurat tugʻilganda soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari oʻtkazilayotgan shaxslarga soʻralayotgan Tomon davlati hududiga ularning kirishlari uchun zarur boʻlgan hujjatlarni beradi.
3. Har bir Tomon davlatining fuqaroligiga ega ekanligini aniqlash uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi hujjatlar roʻyxati Ijroiya bayonnomasida keltiriladi. Tomonlar Ijroiya bayonnomani imzolagan kundan boshlab 30 kun ichida diplomatik yoʻllar orqali bunday hujjatlar namunalarini almashadilar. Keyinchalik har bir Tomon darhol boshqa Tomonni diplomatik yoʻllar orqali yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar namunalariga kiritilgan har qanday oʻzgartish toʻgʻrisida xabardor qiladi.
4. Soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari oʻzlariga oʻtkazilgan shaxslarni oʻtkazilgandan keyin 30 kun ichida qabul qilib oladilar, agarda soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tomonidan mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan qabul qilish va oʻtkazish sharoitlari mavjud emasligi aniqlansa. Bunday holda soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlariga ushbu shaxsga taalluqli tasarrufida mavjud boʻlgan materiallarni beradilar.
